Gretsiya hukumati kuchli o‘rmon yong‘inlari va suv toshqinlaridan zarar ko‘rgan tabiatni qayta tiklash tashabbusini qo‘llab-quvvatlash uchun sayyohlarga mehmonxonalarda yashash solig‘ini joriy qildi, deb yozmoqda yunon matbuoti.
«Iqlim o‘zgarishiga chidamlilik solig‘i» sayyohlar uchun mo‘ljallangan, ular mehmonxonada yashayotgani uchun soliq to‘lashi kerak. Soliq faqat sayyohlik mavsumi qizigan paytda, ya’ni, mart oyidan oktyabrgacha olinadi. Soliq miqdori mehmonxonaning reytingiga qarab, bir kecha uchun 1 yevrodan 4 yevrogacha olinadi, to‘rt yulduzli mehmonxonalarda yashayotgan sayyohlar 7, besh yulduzli mehmonxonalarda esa 10 yevro to‘lashga to‘g‘ri keladi.