Kasanachilarga beriladigan subsidiyalar miqdori (video)

Qonunchilikka ko‘ra, tadbirkorlarga quyidagicha subsidiyalar ajratilmoqda;
– 2025 yil 1 yanvargacha kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan ishsiz va ish qidirayotgan, shuningdek, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolarga asbob-uskunalar va xomashyo xarid qilish bo‘yicha xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratiladi. Biroq bunda har bir kasanachi uchun BHMning 30 baravarigacha (10 mln 200 ming so‘m) miqdorda bir martalik subsidiya beriladi; – kasanachilik asosida uy sharoitida ishlayotgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ish joyini moslashtirish uchun har bir moslashtirilayotgan ish joyi bo‘yicha BHMning 40 baravarigacha (13 mln 600 ming so‘m) miqdorda subsidiya ajratiladi; – kasanachilarni kasb-hunarga o‘qitishga sarflanadigan xarajatlarini 3 oygacha bo‘lgan muddatda qoplash uchun har bir kasanachiga har oyda BHMning 2 baravarigacha (680 ming so‘m) miqdorda subsidiyalar ajratiladi.
M.Eshmirzayeva, I.Ismatov (video), O‘zA