Olimlar plastik idishdagi suvda xavfli zarrachalarni topdi

O‘rtacha litrli plastik idishdagi suvda inson salomatligi uchun o‘ta xavfli bo‘lgan 240 mingga yaqin plastik bo‘lak mavjud, deb yozadi “Bloomberg” Kolumbiya universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib.
“Nanoplastikalar inson salomatligiga mikroplastmassalardan ko‘ra ko‘proq xavf tug‘diradi, chunki ularning zarralari inson hujayralariga kirib, organlarga zarar yetkazadigan darajada kichikdir”, — deya ogohlantiradi maqola muallifi.
Bundan tashqari, nanoplastikalar platsentadan tug‘ilmagan bolalar tanasiga kirib borishi mumkin. Olimlar uzoq vaqtdan beri ularning shisha suvda borligidan shubha qilishgan, biroq alohida nanozarrachalarni aniqlash texnologiyasiga ega emas edilar, deb yozadi nashr.
Tadqiqot mualliflari yangi tahlil usulini ixtiro qildilar. Uning natijalari 25 litr suvda 110 ming dan 370 minggacha zarrachalar mavjudligini aniqladi. Ularning 90 foizi nanoplastiklardir. Shu bilan birga, olimlar ba’zi zarralar noma’lum bo‘lib qolganini, ya’ni plastik tarkibi bundan ham ko‘proq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladilar.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har yili dunyo bo‘ylab 450 million tonnadan ortiq plastmassa ishlab chiqariladi, ularning aksariyati chiqindixonalarga tushadi. Uning ko‘p qismi tabiiy ravishda parchalanmaydi, lekin vaqt o‘tishi bilan kichik fraksiyalarga bo‘linadi.
Umuman olganda, plastmassa ifloslanishi sayyoramizda keng tarqalgan bo‘lsa-da, zarrachalar inson tanasiga kirishi mumkinligi sababli, plastik idishga solingan suv olimlar uchun alohida qiziqish uyg‘otadi, deyiladi maqolada.
O‘zA