Rim papasi surrogat onalik qat’iy taqiqlanishiga umid bildirdi va gender nazariyasiga qarshi chiqdi.

Dushanba kuni “Vatican News” portali Rim papasining yangi yil kirib kelishi munosabati bilan elchilarni qabul qilganini jonli efir qilib uzatdi. Papa o‘z chiqishida “surrogatli onalik, deb atalayotgan amaliyot juda qayg‘uli holatdir, chunki u ona va bola sha’nini yerga uradi”, degan.

“Bola – shartnoma vositasi emas, balki Yaratganning inoyati. Shu bois men xalqaro hamjamiyatning bunday amaliyotni butunlay taqiqlash bo‘yicha chora ko‘rishidan umidvorman”, – degan u diplomatlarga.

Gender nazariyasi haqida gapirar ekan, pontifik uni mafkuraviy kolonizatsiyasiga bir  misol tariqasida keltirgan va bunday tadqiqotlarni juda xavfli deb e’lon qilgan, chunki  “barchani teng qilishga intilish o‘zaro farqni yo‘q qiladi”, degan u.