Kecha 8 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon rasmiy tashrif bilan Ozarbayjon Respublikasiga keldi. Bu haqda “WAM” axborot agentligi ma’lum qildi.
Ikki mamlakat davlat bayroqlari hilpirab turgan Haydar Aliyev nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni Ozarbayjon Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yagub Eyyubov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yalchin Rafiyev va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.