Yoko Kamikava Ukrainaga bordi

294

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Yoko Kamikava e’lon qilinmagan tashrif bilan Ukrainaga bordi. Bu haqda Yaponiya tashqi ishlar vazirligi saytidagi xabarda aytilgan. Unda vazir Ukraina tashqi ishlar idorasi rahbari Dmitriy Kuleba bilan muzokaralar olib boradi. Odatda bunday tashriflar oldindan ma’lum qilinadi, lekin Kamikavaning Ukrainaga tashrifi oldindan e’lon qilinmagan.

Yaponiya tashqi ishlar bayonotida aytilishicha, Yoko Kamikavaning tashrifi Tokioning Ukrainani tiklashga hissa qo‘shish ishlari bilan bog‘liq.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kamikava Ukraina tomoniga qishda mamlakatni elektrlashtirish uchun zarur bo‘lgan uskunalarning katta partiyasini topshirishda ham ishtirok etadi.