Bokuda uglerod oksidi miqdori normadan oshib ketdi

361

Ozarbayjon poytaxti Bokuda bir sutka davomida ifloslantiruvchi gaz aralashmalarida uglerod oksidi miqdori me’yordan 1,2 baravar ko‘p bo‘lgani aniqlandi. Bu haqda “Trend” axborot agentligi xabar berdi.

Mamlakat Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligining ma’lum qilishicha, uglerod oksidi miqdori me’yordan oshishiga transport harakatining intensivligi, sanoat korxonalari faoliyati va boshqa antropogen ta’sirlar sabab bo‘lmoqda.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA