Bangladesh bosh vaziri va hukmron “Avami lig” (Xalq ligasi) partiyasi rahbari Shayx Hasina yakshanba kuni mamlakat parlamenti saylovida g‘alaba qozondi, deb xabar tarqatdi “bdnews24” milliy saylov komissiyasiga tayanib.

76 yoshli Shayx Hasina 249 ming 965 ta ovoz olgan, uning eng yaqin ta’qibchisi Atikur Rahmon 6 ming 999 ovoz bilan  kifoyalangan. Yana bir nomzod Maxabur Molla 425 ovoz olishga muvaffaq bo‘lgan.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, hukmron partiyadan ko‘rsatilgan nomzod aksariyat saylov uchastkalarida yetakchilik qilmoqda.

Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, saylovchilarning 40 foizi ovoz berishda ishtirok etgan, lekin bu raqam o‘zgarishi mumkin, chunki hali barcha ovoz hisoblab chiqilgani yo‘q, deydi bosh saylov komissari Qozi Habibul Aval.

“Avami lig” partiyasi kotibining o‘rinbosari Sayim Xon bosh vazir partiyadoshlariga g‘alabani bayram qilmaslikka va namoyish uyushtirmaslikka chaqirgan.

Shayx Hasina 2009 yildan buyon Bangladesh bosh vaziri bo‘lib kelmoqda. U avval ham 1996 yildan 2001 yilgacha hukumatga yetakchilik qilgan edi.