AQSH hukumatining 2024 yil uchun umumiy byudjeti ma’qullandi

383

AQSH hukumatining 2024 yil uchun umumiy byudjeti 1,6 trillion dollar miqdorida ma’qullandi. Ushbu mablag‘ning 886 milliard dollari mudofaa uchun ajratiladi, deb bayonot bergan vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson.

O‘tgan yakshanbada AQSH prezidenti Jo Bayden kongress hukumatni moliyalashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi, shu bilan “keraksiz shatdaun” bartaraf qilindi, deb bayonot bergandi.

“Bunda 886 milliard dollar mudofaaga va 704 milliard dollarlik nomudofaa xarajatlarga ajratiladi”, – deyiladi bayonotda.