Qatarda futbol bo‘yicha o‘tadigan Osiyo kubogi bahslarida ishtirok etadigan milliy terma jamoalarning narxlari e’lon qilindi.

Transfermarkt.world sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, qit’a kubogida ishtirok etadigan terma jamoalar orasida Yaponiya eng qimmat tarkibga ega ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Kunchiqar yurt vakillarining umumiy narxi 316,95 million yevroga baholangan bo‘lsa, ulardan keyingi o‘rindan joy olgan Koreya Respublikasi sportchilari 193 million yevro va Eron terma jamoasi 51,58 million yevro sifatida ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston terma jamoasining bahosi esa 26,15 million yevro sifatida qayd etilgan.

Qit’a kubogi bahslarida qatnashishga hozirlanayotgan 24 ta mamlakat terma jamoalari orasida eng past narxlar Vetnam (6,33), Qirg‘iziston(6,25) va Gonkong (5,95) terma jamoalariga tegishli bo‘ldi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA.