Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi 2024 yil yanvar oyi uchun yosh toifalari bo‘yicha yangilangan reytingni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolarining aksariyati o‘z yo‘nalishlarida eng yuqori pog‘onalarni egalladi. Aniqrog‘i, Dilnaz Murzatayeva shpaga, Fernanda Errera esa sablya yo‘nalishida reyting peshqadami sifatida e’tirof etildi. Jamoaviy dasturda esa sablyachi yigitlarimiz birinchi, qizlarimiz ikkinchi, shuningdek, shpagachilarimiz uchinchi o‘rindan o‘rin oldi.

Quyida hamyurtlarimizning shaxsiy reytingdagi holati bilan tanishing: 

Shpaga, qizlar: 

1. Dilnaz Murzatayeva (O‘zbekiston) – 131.5 (ochko) 
9. Shahzoda Egamberdiyeva (O‘zbekiston) – 62 

Yigitlar: 

6. Meyirxan Timurov (O‘zbekiston) – 49 

Sablya, qizlar: 

1. Fernanda Errera (O‘zbekiston) – 166 
6. Gulistan Perdibayeva (O‘zbekiston) – 96 
7. Ayako‘z Jumamuratova (O‘zbekiston) – 91 

Yigitlar: 

3. Islombek Abdazov (O‘zbekiston) – 119.5 
4. Azizbek Dauletnazarov (O‘zbekiston) – 116.250 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA