Fransiya tashqi ishlar vaziri Katrin Kolonna xalqaro huquq tamoyillariga qaytish zarurligini bildirgan. U shuningdek, Falastin hududi bo‘lgan G‘azo sektorining kelajagini Isroil belgilab berishi kerak emas, – deb aytgan “CNN” telekanaliga bergan intervsida.

Vazir Isroil siyosatchilari va rasmiylarining G‘azo sektori aholisini majburiy ko‘chirilishi haqidagi so‘nggi bayonotlarini “mas’uliyatsizlik” deb atab, bunday suhbatlar faqat tomonlarni qarordan chalg‘itishini bildirgan.

Shu bilan birga, u ikki davlat yechimini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlab, “G‘azo – kelajakda Falastin davlatining bir qismi bo‘lishini xohlayotgan falastinliklar yeridir. Biz yagona yo‘l bo‘lgan bu yechimni qo‘llab-quvvatlaymiz”, degan o‘z chiqishida.

Avvalroq  Isroilning o‘ta o‘ngchi hisoblangan milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir va moliya vaziri Betsalel Smotrich “G‘azo aholisining mintaqadan ixtiyoriy migratsiyasini qo‘llab-quvvatlashini” aytgan edi.

Ikki vazirning bu kabi bayonotlari dunyoning ko‘plab davlatlarida tabiiyki katta norozilik uyg‘otgan.