Litva davlatida rus tilini o‘rgatish to‘xtalishi mumkin, – deb xabar bermoqda “Deutsche Welle” Litva respublikasi ta’lim vaziri Gintautas Yakshtas so‘zlariga tayanib.
«Litva hukumati davlat maktablarida rus tilidan ta’lim tili sifatida bosqichma-bosqich voz kechishning huquqiy asoslarini baholash niyatida», – dedi mamlakatning ta’lim, fan va sport vaziri Gintautas Yakshtas Litva milliy radiosiga bergan intervyusida.
«Agar yuridik nuqtai nazardan bunday rad etish mumkin bo‘lsa, biz nimanidir o‘zgartirishni xohlayotganimizni tushunishimiz kerak va keyin qanday natijalarga olib kelishini ham aniqlab olishimiz kerak», degan vazir.
Vazirning fikricha, Litva bu borada qo‘shni Latviya va Estoniyadan o‘rnak olishi kerak, ular nafaqat rus tilida o‘qitiladigan maktablardan voz kechish, balki uni chet tili sifatida o‘qitishni ham rad etishgan. “Biz YeI tillariga e’tibor qaratishimiz kerak, shunda milliy ozchiliklarning ta’limi ularning tilida amalga oshiriladi”, – degan u radioda.
Yana uning qo‘shimcha qilishicha, Litva bir necha hafta ichida rus tilidagi ta’limdan voz kechish taklifini taqdim etadi. Ayni paytda mamlakatdagi umumiy ta’lim maktablari tizimida jami 300 mingga yaqin o‘quvchi tahsil olmoqda, rus tilida ta’lim beradigan maktablar ulushi 15 mingga yaqin o‘quvchiga to‘g‘ri keladi.
Litva departamenti rahbari davlat ta’lim muassasalari o‘rniga rus tilida o‘qitiladigan xususiy maktablar tashkil etilishi va buning uchun davlatdan mablag‘ olish ham mumkinligini istisno etmagan.