AQSH Davlat kotibi va uning hamrohligidagi delegatsiya 5 yanvar kuni mahalliy vaqt bilan soat 19:10da Turkiyaning Istanbul aeroportiga kelib qo‘ndi, deb ma’lum qildi “Anadolu” axborot agentligi.
Blinkenni aeroportda AQSH Siyosiy ishlar boshqarmasi rahbari Yaprak Balkan, AQSHning Ankaradagi elchisi Jeffri Fleyk, AQSHning Istanbuldagi bosh konsuli Juli Iade, Istanbul aeroporti fuqarolik boshqarmasi rahbari Ilker Xaktankachmaz va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Entoni Blinken bugun Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan bilan uchrashib, Isroilning G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari, mintaqaviy muammolar va ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qilishi kutilmoqda.