Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasidagi janglarda ishtirok etayotgan Shahram G‘iyosovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi aniq bo‘ldi.

Shahram o‘zining 15-jangini joriy yilning 24 fevral kuni AQSHning Orlando shahrida o‘tkazadi. Hamyurtimiz meksikalik Pablo Sezar Kanoga qarshi ringga ko‘tariladi. Unda g‘olib bo‘lgan bokschi “WBA” kamari uchun rasmiy da’vogarga aylanadi.

Eslatib o‘tamiz, Sh.G‘iyosov hozirgacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Ularning 9 tasini muddatidan avval yakunlashga muyassar bo‘lgan. Uning raqibi Pablo Sezar Kano esa faoliyati davomida 44 ta jang o‘tkazib, 35 g‘alaba, 8 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA