Yaqinda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Gidrometeorologiya bo‘yicha davlatlararo kengashining 35-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda “Kazinform”.
Kengash o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror Bokuda bo‘lib o‘tgan MDH Gidrometeorologiya bo‘yicha davlatlararo kengashining 34-yig‘ilishida ma’qullandi.
Mazkur kengash ishida MDHga a’zo 10 ta davlat – O‘zbekiston, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Moldova va Rossiya Federatsiyasi ishtirok etadi. Shuningdek, Butunjahon meteorologiya tashkiloti delegatsiyalari Kengashning barcha majlislarida kuzatuvchi sifatida ishtirok etadi.
MDH Davlatlararo gidrometeorologiya kengashi 1992 yil 8 fevraldagi Gidrometeorologiya sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim asosida tuzilgan bo‘lib, u Hamdo‘stlik doirasida tarmoq hamkorlik to‘g‘risidagi birinchi hukumatlararo hujjatlardan biri bo‘lgan.
Uning qabul qilinishining ahamiyati MDHga a’zo davlatlarning samarali iqtisodiy rivojlanishi, aholi xavfsizligi va mudofaa qobiliyatini ta’minlash uchun ishonchli gidrometeorologik ma’lumotlarni muntazam ravishda olish zaruratidan iborat.
O‘zA