Bu yil 50 dan ortiq mamlakatda ikki milliarddan ortiq odam saylovda qatnashishi kutilmoqda. Bu haqda “AlJazeera” nashri ma’lum qildi.

2024 yil dunyo hamjamiyatida saylovlar yili bo‘lishi shubhasiz. Yer shari aholisining qariyb yarmi istiqomat qiladigan davlatlarda prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Hali bunday vaziyat yaqin yillarda kuzatilmagan.

7 yanvarda Bangladeshdan boshlanadigan saylovlar Hindiston, AQSH, Indoneziya, Pokiston, Rossiya va Meksika kabi davlatlarda davom etadi.

Shvetsiyaning V-Dem instituti va AQSHda joylashgan Freedom House kabi notijorat tashkilotlar tomonidan bildirilgan xulosalar shuni ko‘rsatadiki, ushbu yilgi saylovlarda demokratiya tushunchasi muhim omil bo‘ladi.

Ekspertlar fikricha, etnik zo‘ravonlikning kuchayishidan tortib, sud va boshqa ijro hokimiyati ustidan nazoratni zaiflashtirishga qaratilgan harakatlar demokratiyaga tahdiddir. Ammo jamoatchilik fikri bilan o‘lchanadigan demokratiyaning o‘rni muhimligicha qolmoqda.

S.Poyonov, O‘zA