Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Qurolli Kuchlari bilan shartnoma tuzgan xorijliklarga fuqarolik berish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Tegishli farmon huquqiy axborot rasmiy portalida e’lon qilindi.

“Maxsus harbiy operatsiya” davrida RF Qurolli Kuchlari bilan shartnoma tuzgan chet elliklar, shuningdek, ushbu davrda sog‘lig‘i sababli RF Qurolli Kuchlarida harbiy xizmatdan bo‘shatilganlar yoki yosh chegarasiga yetganda Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza berishi mumkin.

Ushbu toifadagi xorijiy fuqarolarning qarindoshlari ham Rossiya fuqaroligini olish huquqiga ega bo‘ladilar.

Putin “Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olish uchun ariza berish huquqiga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning ayrim toifalarini belgilash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Farmon 2014 yil martigacha anneksiya qilingan Qrim va Sevastopolda yashagan ukrainaliklarga Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish imkonini beradi.

Bundan tashqari, farmonga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olish huquqi RSFSR hududida tug‘ilgan, Afg‘oniston, Iroq, Yaman va Suriya fuqarolari Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olish huquqiga ega.

Soddalashtirilgan tartib Rossiyada vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, vaqtinchalik boshpana guvohnomasi, qochqinlik guvohnomasi yoki Rossiya Federatsiyasiga ixtiyoriy ravishda ko‘chirishga yordam berish davlat dasturi ishtirokchisi guvohnomasiga ega bo‘lgan ukrainaliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ham tegishli. Shuningdek, ushbu hujjat 2014 yil aprel holatiga Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlarining ayrim hududlarida doimiy istiqomat qilayotgan xorijda yashovchi vatandoshlar federatsiyasi, ularning farzandlari, turmush o‘rtoqlari va ota-onalari uchun ham tegishli bo‘ladi.

G.Sattorova, O‘zA