Avval xabar berganimizdek, kuni kecha para taekvondo bo‘yicha terma jamoamizning 5 nafar a’zosi yakuniy reyting natijalariga ko‘ra, “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, ayni paytga qadar o‘zbekistonlik para atletlarning Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi litsenziyalari 33 taga yetdi. Aniqrog‘i, Paralimpiya o‘yinlariga o‘q otish bo‘yicha 3 ta, yengil atletika bo‘yicha 19 ta, suzish va  kanoe bo‘yicha 2 tadan,  akademik eshkak eshish va para velosport bo‘yicha 1 tadan hamda  tayekvondo bo‘yicha 5 ta yo‘llanma jamg‘arildi.

Eslatib o‘tamiz, Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi asosiy musobaqalar hali oldinda va matonatli para atletlarimiz yana ko‘plab yo‘llanmalarni qo‘lga kiritishi kutilmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA