Butunjahon taekvondo federatsiyasi “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlariga litsenziya beruvchi reytingni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, ilk bor 5 nafar para taekvondochimiz reyting orqali Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Aniqrog‘i, Ziyoda Isoqova (-47 kg), Guljanoy Naimova (+65 kg), Zuhriddin Tohirov (-63 kg), Javohir Aliqulov (-70 kg) va Asad Toshtemirov (-80 kg) kabi paralimpiyachilarimiz musobaqada mamlakatimiz sharafini himoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi “Tokio-2020” yozgi Paralimpiya o‘yinlarining para taekvondo dasturida 3 nafar sportchi bilan qatnashgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA