Professional boksning super yarim o‘rta vaznda WVA yo‘nalishida chempionlik kamariga da’vogar bo‘lgan hamyurtimiz Isroil Madrimovning raqibi o‘zgardi.
Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev Isroil Madrimov joriy yilning 27 yanvarida WVA yo‘nalishidagi chempionlik jangini britaniyalik Jeyms Metkalfga qarshi o‘tkazishi haqida gapirgandi. Biroq britaniyalik bokschi mazkur uchrashuvda gonorar miqdori kam bo‘lgani sababli jangni rad etdi.
WVA yo‘nalishida jahon chempionligi kamari uchun majburiy da’vogar Isroil Madrimov jamoasi Jeyms Metkalf o‘rniga ringga ko‘tariladigan yangi nomzod bilan kelishuvga erishdi.
Endi Madrimov jahon chempionligi uchun rossiyalik Magomed Kurbanov bilan jang olib boradi. Ammo mazkur jang qachon va qaysi mamlakatda tashkil etilishi borasida hali bir to‘xtamga kelinmagan.
T. Ro‘ziyev, O‘zA