Yevropa Ittifoqi tashqi siyosati rahbari Jozep Borrel Portugaliyaning Lissabon shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda dunyo G‘azo sektoridagi mojaroga yechim topishi kerakligini aytdi. Unga ko‘ra, ushbu nizoga dunyo hamjamiyati yechim topishi kerak, chunki ikki tomon hech qachon kelishuvga erisha olmaydi.

BMTning Livandagi tinchlikparvar missiyasi har qanday harbiy harakatlar chegaraning har ikki tomonidagi odamlar uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin, deb ogohlantirgan. Borrel urushdan chiqish yo‘llarini o‘rganish uchun yaqin Sharqqa, shu jumladan, Livanga tashrif buyurishni rejalashtirayotganini aytdi.

Falastin rasmiylarining ma’lumotiga ko‘ra, hozirga qadar Isroil hujumida 22 mingdan ortiq odam, asosan ayollar va bolalar halok bo‘lgan.

S.Poyonov, O‘zA