Jarimalarni to‘lashga shoshilmang!

Kundalik xayotimizda radarlar bo‘yicha nizolar yetarli. Ijtimoiy tarmoqlarda ham radar bo‘yicha mavzular doimiy muhokamalarga sabab bo‘ladi. Yaqinda Xorazm viloyatida yuz bergan holat ham haydovchilar o‘rtasida keng muhokama qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor tomonidan beton simyog‘ochga o‘rnatilgan radar haydovchi tezlikni oshirganini qayd qilgan, viloyat IIB YHXB jarima qo‘llagan. Haydovchi esa tezlikni oshirmaganligini, radar belgilangan talablarga zid ravishda o‘rnatilganligini aytib, sudda yutib chiqqan.

Shunda haqli savol tug‘iladi noto‘g‘ri o‘rnatilgan radarlar tomonidan qayd etilgan jarimalar haqiqiy emasligidan barcha haydovchilarning xabari bormikin? Savollarimizga Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Ilhom Idirov javob berdi.

Noto‘g‘ri o‘rnatilgan radarlar nizolari bo‘yicha muntazam shug‘ullanib kelayotgan advokat Kamoliddin Baxaviddinov doimgidek haydovchilarni ogohlikka chaqirib, jarimalarni to‘lashdan avval “Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish va ekspluatatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom bilan yaqindan tanishib chiqishni tavsiya etib qoladi.

M.Turdaliyeva, A.Ahmedov (video), O‘zA