Amerikaning davlat qarzlari 34 trillion dollardan oshdi, deyiladi AQSH moliya vazirligi saytida berilgan ma’lumotda.
O‘tgan seshanba holatida ushbu mablag‘ 34,001 trillion dollarni tashkil etgan. O‘tgan yilning sentyabrida ko‘rsatkich 33 trillion atrofida edi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, bu qadar katta davlat qarzlariga xizmat ko‘rsatish Vashington uchun buyudjet tushumlarining kamida uchdan birini yo‘naltirishni talab qiladi.