O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekistan Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasi tuzilmasi tasdiqlandi.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzurida “Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi ham tashkil etiladi.

“Axborot texnologiyalar markazi” davlat muassasasi:

Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi, Agentlikning byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

axborot dasturlarini ishlab chiqish va kuzatib borish, server, kompyuter qurilmalari va telekommunikatsiya tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish, Agentlik tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “Call-markaz” faoliyatini tashkil etish va boshqa sohalarda Agentlik direktori tomonidan tasdiqlanadigan loyihalarga muvofiq to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida moliyalashtiriladi;

tuzilmasi hamda xodimlarning mehnatiga haq to‘lash va ularni rag‘batlantirish shartlari Agentlik bilan kelishilgan holda, loyihalarga ajratilgan mablag‘lar doirasida markaz tomonidan belgilanadi.

O‘zA