1 yanvardan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi? (+video)

330

Joriy yilning 1 yanvaridan pensionerlarga hisoblangan ammo o‘z vaqtida olinmagan pensiyani to‘lash muddati uzaytiriladi. Bir necha shaharlarda yo‘lovchilarni tashish brutto-shartnoma asosida tashkil etiladi.

Pedagogik kasbga birinchi marta ishga qabul qilinganlar kasbiy sertifikatlanadi. Ayrim pedagog kadrlar uchun malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi. Maktab direktorlari har 5 yilda kasbiy sertifikatsiyalanishi ta’minlanadi.

Yangi ob’ektlarni loyihalashtirishda chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmagan loyihalar ekologik ekspertizadan o‘tkazilmaydi.

Shuningdek, ichimlik suvidan foydalanish bo‘yicha “Tejamkor uy” va “Tejamkor xonadon” reyting tizimi ishga tushiriladi. Mikroqarzlarning eng yuqori miqdori 100 mln so‘mgacha oshiriladi .

Professional futboldagi faoliyatini yakunlagan futbolchilarga imtiyozli kredit ajratiladi.

Xo‘sh, joriy yilning 1 yanvaridan qonunchilikda yana nimalar o‘zgaradi?

M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov O‘zA.