FOTOREPORTAJ

Yangi yil arafasida O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi partiya vakillari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qoraqalpog‘iston filialida davolanayotgan kichkintoy bolajonlarni bayram bilan qutlash maqsadida shifoxonaga bordi.

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi S. Turmanov uy sharoitida va shifoxonada davolanayotgan bolajonlarni bayram bilan tabriklab, ularga atalgan sovg‘alarni ulashdi.

Partiya vakillari bolajonlar bilan dildan suhbat qurdi.

Insonlar qalbiga yo‘l topish, ularning dardini tinglash va muammolariga yechim topish saxovatpesha insonlarga xos xususiyatdir. Bayram arafasida bolajonlarga xursandchilik, shodlik, quvonch ulashish esa xalqimizga xos fazilatlardan.

Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA