Yangi yil bayrami arafasida va bayram kunlari oziq-ovqat xavfsizligi va narx-navo barqarorligini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Bosh prokurorning tegishli farmoyishi asosida joylarda muntazam ravishda o‘rganishlar o‘tkazilib kelinmoqda.
Xususan, Respublika prokuraturasi ishchi guruhi a’zolari tomonidan “Nukus dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyati hududida tashkil etilgan arzonlashtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasidagi narx-navolar, bozorda sotuvchi va xaridorlarga yaratilgan shart-sharoitlar, tozalik va sanitariya me’yorlariga rioya qilish holati o‘rganildi.
Oziq-ovqat xavfsizligi va bozorlarda narx-navo oshib ketmasligining oldini olish maqsadida tadbirkorlar bilan suhbatlashilib, narxlarni sun’iy oshirmaslik, bozorda aholi uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.Qayd etish joizki, bozordagi mahsulotlar narxlari hamyonbop, sanitariya holatlari qoniqarli, shuningdek, bayram kunlari xalqimiz uchun rastalar barcha turdagi mahsulotlarga to‘la, asosiysi, aholining kayfiyati yuqori darajada.
Shuningdek, bayram arafasida aholini yoqilg‘i energiyasi bilan ta’minlashda uzilishlar va avariya holatlarining oldini olish, aholi va ijtimoiy ob’ektlarga ko‘mir mahsulotlarining o‘z vaqtida va yetarli darajada yetkazib berilishi borasidagi sohaga oid faoliyatlar Respublika ishchi guruhi, shahar va tuman prokuraturalari tomonidan qat’iy nazoratga olingan.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri