2023 yilda Meksika chegarasidan AQSHga noqonuniy o‘tgan migrantlar soni 225 ming kishidan oshdi va 2000 yildan buyon bu ko‘rsatgich rekord darajaga chiqdi, deb xabar tarqatdi CNN telekanali mamlakat ichki xavfsizlik vazirligining dastlabki ma’lumotlariga tayanib.
“Chegara xizmati AQSH va Meksika chegarasida 225 ming kishini hisobga oldi, bu 2000 yildan buyon rekord ko‘rsatkich”, – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, dekabr oyida noqonuniy migrantlar to‘lqini 10 ming kishidan oshgan.
Shuningdek, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, dekabr oyida Amerika chegarasidan noqonuniy o‘tgan bolalar soni ham 6,5 foizga ortgan.