Argentina tashqi ishlar vaziri Diana Mondino mamlakatning BRIKSga a’zo bo‘lishdan voz kechishiga sabab qisman mafkura bilan bog‘liqligini tasdiqladi.

“Argentinaning iqtisodiy muammolari ko‘p. BRIKSning maqsadi — mamlakatlar bilan savdo qilish. Biz tashkilotga a’zo davlatlar bilan doimiy hamkormiz. Agar hamma tashkilotda ishtirok etaversak, unda qachon ishlaymiz?”, – degan vazir “La Nación” telekanaliga bergan intervyusida.

U shuningdek, Argentina AQSH, Isroil, Yangi Zelandiya, Yevropa, Kanada kabi liberal demokratik mamlakatlar  bilan ishlashini eslatib o‘tgan.

Avvalroq Argentina prezidenti Xaver Miley BRIKS mamlakatlari yetakchilariga maktub yo‘llab, mamlakat mazkur tashkilotga a’zo bo‘lmasligini ma’lum qilgan edi.