Buyuk Britaniya Ukraina mudofaa imkoniyatini mustahkamlash uchun Kiyevga yuzlab havo hujumiga qarshi mudofaa raketalarini yetkazib beradi, deb bayonot berdi Britaniya madofaa vaziri Grant Shapps.

“Biz Ukraina mudofaasini qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz. Shu sababli bugun Kiyevga Rossiya raketalari va o‘zi uchar qurilmalarini aniq urib tushiradigan raketalarni yetkazib beramiz”, – deyiladi vazir bayonotida.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, juma kuni tunda Ukrainaning ko‘plab katta shaharlari, jumladan, Kiyev, Lvov, Xarkov, Dnepr, Suma, Odessa, Zaporoje, Cherkass va Xmelnitskiy raketa va o‘zi uchar qurilmalar vositasida havo hujumiga uchragan. Zarbalar aholi zich bo‘lgan tumanlarga berilgani aytilmoqda. Natijada 30 ga yaqin tinch aholi vakillari halok bo‘lgan, kamida 160 kishi jarohat olgan.