“Sinxua” xabar berishicha, Xitoyning shimoli-sharqiy qismida joylashgan Xeylunszyan muzofotidagi Harbin shahrida ajoyib tanlov bo‘lib o‘tmoqda.

To‘rt kun davom etadigan 30-Milliy qor haykallari tanlovi ishtirokchilari qordan takrorlanmas shaklga ega va maftunkor haykallar yaratadi.

Tadbirda ishtirok etish uchun “qor haykaltaroshlari” butun mamlakatdan tashrif buyurib, o‘z qobiliyatlarini namoyish etadilar.