— Ushbu maqsadlarda 2 milliard dollar miqdorida investitsiya jalb qilinadi.

Buning hisobiga, ularning 60 foiz elektr va gaz iste’moli “yashil energiya”ga o‘tkaziladi.

Aholi xonadonlarida esa, quyosh paneli o‘rnatishga ajratiladigan subsidiyalar hajmi 2 barobarga ko‘paytiriladi.

Gaz zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida, geologiya-qidiruv ishlari bo‘yicha o‘n yillik dastur qabul qilamiz.

Bunda, yangi texnologiyalarni joriy etib, ilk bor chuqur qatlamlarda (6 kilometrdan ko‘p) gaz qazib chiqarish ishlarini boshlaymiz.

Hech qachon 6 kilometrdan pastga tushmaganmiz. Endi tushyapmiz, imkoniyat katta, gaz bor. Lekin uni qazib olish qimmat.

Jumladan, Ustyurtning yuqori istiqbolga ega chuqur qatlamlarida qidiruv ishlariga nufuzli xorijiy investorlar jalb qilinadi.

Gaz qazib chiqarishga oldin berilgan barcha litsenziyalar qayta ko‘rib chiqiladi, samarasiz ishlayotgan korxonalar bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi, — Shavkat Mirziyoyev.


O‘zA