Yengilmas bokschi 13-jangga ham tayyor

Professional bokschimiz Shohjahon Ergashev (12-0-12 KO) joriy yilning 28-aprel kuni Nyu Yorkda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi.

— Men Bruklindagi «Barclays Center» sport majmuasida 28 aprel kuni ringga ko‘tarilaman. Ayni damda proumoterlarim bu jangda menga raqiblik qiladigan bokschini qidirishmoqda. Uning nomi shu kunlarda aniq bo‘ladi. Bu kabi sovrinli musobaqada ilk marotaba ishtirok etayotganim bois otajonimni yonimda bo‘lishini xohladim va mazkur jangda menga dadam murabbiylarim qatorida dono maslahatlarini beradilar, – deydi yengilmas bokschi Shohjahon Ergashev O‘zA muxbiriga bergan intervyusida.

 

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA