Prezident raisligida o‘tkazilayotgan yig‘ilishda sanoat zonalariga loyihani joylashtirish tartibi qayta ko‘rib chiqilib, byurokratiyadan xoli yangi tizim yaratilishi ta’kidlandi.

Jumladan:

– erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalarni ekspertiza qilish vakolati Investitsiyalar vazirligiga o‘tkaziladi;

– sanoat zonalari bo‘yicha ma’muriy kengashlar tugatilib, ularning vakolatlari Investitsiyalar vazirligiga beriladi;

– sanoat zonalari ishtirokchilariga imtiyozlarni qo‘llash uchun Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazining xulosasini olish tartibi bekor qilinadi. Bundan buyon nazoratni Davlat bojxona qo‘mitasi amalga oshiradi;

– sanoat zonalaridagi yerlar auksionga direksiyalar tomonidan chiqariladi (hozirda hokimlik tomonidan auksionga qo‘yiladi);

– investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilganidan keyin kichik sanoat zonalaridagi ob’ektlarni xususiylashtirishga ruxsat beriladi.

Bularning hisobiga sanoat zonalariga loyihalarni joylashtirish jarayonidagi bosqichlar amaldagi 5 tadan 2 taga kamayadi, sarf qilinadigan vaqt 3 oydan 1 oygacha qisqaradi.

O‘zA