Yaponiya xomxayol ekan

“Xorijga ishga jo‘nataman, yaxshigina daromad ko‘rib qaytasiz” deb aldab, o‘zgalarning mol-mulkini o‘zini qilib olmoqchi bo‘lgan firibgarlar afsuski uchrab turibdi.

Farg‘ona tumani Chimyon shaharchasida yashovchi N.Sotqinov ham ana shundaylarning tuzog‘iga ilindi, – deya xabar qilmoqda Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati.

U anchadan buyon xorijga ishga borishni o‘ylab yurardi. 2016-yil iyun oyida Farg‘ona shahrida tanishi Farg‘ona tumani Mustaqillik ko‘chasida yashovchi, nafaqaxo‘r A.Turdimatovni uchratib qoldi. A. Turdimatov uni ishonchiga kirib, Yaponiya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, undan 1 500 dollar oladi. Kunlar o‘tsada, u turli bahonalar bilan ishga jo‘natishni paysalga soladi.

N. Sotqinov mazkur holat yuzasidan ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi. Ayni kunlarda A.Turdimatovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA

  13.03.2018, 11:11  |    55 marta ko'rildi

Raxmat

Sayt administratsiyasi xato matn haqida ogohlantirildi!