Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisiga o‘rinbosarlar tayinlandi

16

Tayinlov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlarini lavozimga tayinlash to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Orifjon Olimovich Fayziyev O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga, Nozimbek Mansurbekovich Rustambekov O‘zbekiston Respublikasi Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy  qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

O‘zA