T.Mansurovni «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida
154
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimizda tomorqachilikni rivojlantirish, jumladan, sabzavotchilik hamda asalarichilikni samarali yo‘lga qo‘yish, mo‘l va sifatli hosil yetishtirish orqali aholi farovonligini ta’minlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, har qarich yerdan unumli foydalanib, o‘zining tashabbuskorligi, omilkorligi, boy tajribasi va mehnatsevarlik fazilatlari bilan boshqalarga shaxsiy namuna ko‘rsatib kelayotgani, shuningdek, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli faoliyati, ijtimoiy hayotdagi faolligi uchun Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi Mansurov To‘lqinjon Nosirovich «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev