Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini

tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida

Mamlakatimizda sogʻlom va barkamol avlodni tarbiyalash, maʼnaviy-axloqiy, jismonan yetuk, vatanparvar, milliy anʼana va qadriyatlarimizga sadoqatli yoshlarni voyaga yetkazish, ularni amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarning faol va jonkuyar ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarining ushbu jarayondagi ishtiroki, shuningdek, jismonan va ruhan sogʻlom shaxsni tarbiyalash, bolalarda mehnatsevarlik va komillikka intilish tuygʻularini shakllantirishdagi faoliyatini yanada takomillashtirishni talab etadi.

Voyaga yetmaganlarni ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirishda ularning ijtimoiy holati, shaxsiy xislatlari, sodir etgan qilmishining xavflilik darajasini toʻliq va toʻgʻri baholash dolzarb masala boʻlib qolmoqda.

Ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridagi bugungi holat oʻquv jarayonini davlat taʼlim standartlari asosida sifatli tashkil etish, oʻqituvchi, tarbiyachi, psixolog va boshqa xodimlarning tarbiyalanuvchilarga taʼlim berish, ularga kasb-hunar oʻrgatish borasidagi koʻnikma va malakalarini oshirishni taqozo etadi.

Voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, alohida sharoitlarda tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj boʻlgan yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Bosh prokuratura va Ichki ishlar vazirligining Baxt shahridagi oʻgʻil bolalar maxsus kolleji, Qoʻqon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji, Samarqand shahridagi 64-sonli oʻgʻil bolalar maktab-internati va Chinoz tumanidagi 5-sonli qiz bolalar maktab-internatining negizida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridaRespublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasini (keyingi oʻrinlarda – Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari) tashkil etishtoʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
  2. Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi Toshkent viloyati, Chinoz tumani, “Gulzorobod” mahallasi manzilida;

Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Baxt shahri “Tadbirkor” mahallasi manzilida joylashtirilsin.

  1. Quyidagilar:

Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga;

Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga biriktirilsin.

Belgilab qoʻyilsinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Ichki ishlar vazirligi tegishincha Respublika oʻgʻil bolalar oʻquv-tarbiya muassasasi hamda Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasining oʻz vaqtida toʻliq taʼminoti va maishiy shart-sharoitlari yaxshilanishiga koʻmaklashish, ushbu muassasalarda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarning zamonaviy usul va shakllaridan foydalanilgan holda sogʻlom va jismonan baquvvat, ruhan tetik, bilimli, vatanparvar, fidoyi, dunyoqarashi keng yoshlarni shakllantirish, tarbiyalanuvchilarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida sifatli tarbiya va taʼlim jarayonini yoʻlga qoʻyish, tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga masʼul hisoblanadi.

  1. Belgilansinki:
  2. a) Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga 14 yoshga toʻlgan va 18 yoshdan oshmagan voyaga yetmaganlar joylashtiriladi;
  3. b) Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga quyidagilar:

ijtimoiy xavfli qilmishlar sodir etgan, lekin jinoiy javobgarlikka tortish mumkin boʻlgan yoshga toʻlmagan yoxud ruhiy kasallik bilan bogʻliq boʻlmagan holda rivojlanishda oʻz yoshiga nisbatan orqada qolishi oqibatida sodir etgan qilmishining ahamiyatini toʻliq anglab yetishga qodir boʻlmagan;

aybliligi toʻgʻrisidagi masala hal qilinmay turib jinoiy javobgarlikdan ozod qilingan, materiallar voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha idoralararo komissiyaga koʻrib chiqish uchun topshirilgan boʻlsa;

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish tariqasidagi majburlov chorasi qoʻllanilgan holda jinoiy jazodan ozod qilingan voyaga yetmaganlar;

yakka tartibdagi profilaktika ishi olib borilayotganligiga qaramay muntazam ravishda huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir qilishni davom ettirayotgan voyaga yetmaganlar sud qarori asosida joylashtiriladi;

  1. v) 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab:

mazkur bandning “b” kichik bandida koʻrsatilgan voyaga yetmaganlar faqat Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga oʻqishga qabul qilinadi;

Qoʻqon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji va Samarqand shahridagi 64-sonli oʻgʻil bolalar maktab-internatiga voyaga yetmaganlarni qabul qilish toʻxtatiladi;

Qoʻqon shahridagi maxsus yengil sanoat kolleji va Samarqand shahridagi 64-sonli oʻgʻil bolalar maktab-internatida tarbiyalanayotgan voyaga yetmaganlar oʻqishni ushbu muassasalarda belgilangan tartibda tugatadilar;

  1. g) Respublika oʻquv-tarbiya muassasalaridagi guruhlar va sinflarda oʻquvchilar bilan toʻldirilish 15-20 nafar etib belgilanadi, istisno tariqasida tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda ushbu muassasalarda oʻquvchilar sonidan qatʼiy nazar sinflar ochishga ruxsat etiladi;
  2. d) ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar nazoratisiz va qarovsiz qolgan, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan oilalarda yashayotgan, shuningdek, davlat va jamoatchilik yordamiga muhtoj boʻlgan boshqa voyaga yetmaganlar ularning xulq-atvori, psixologik portreti, yoshi, iqtidori, qobiliyati, qiziqishlari va boshqa omillarni inobatga olgan holda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasiga asosan tegishli vazirlik va idoralar qarorlari (yoʻllanmalari) asosida oʻquv yili davomida ilovadagi vazirlik va idoralar tasarrufidagi umumtaʼlim yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda – Muassasalar) joylashtiriladi;

tasarrufida umumtaʼlim yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar tavsiyasiga asosan Muassasalarga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar uchun Muassasalarning qabul kvotasidan tashqari 5 foizgacha qoʻshimcha kvotalar ajratadi;

Muassasalarga yuborilayotgan voyaga yetmaganlar taʼtil vaqtida agar ularning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish imkoni boʻlmasa Muassasalarda oʻquv jarayoni boshlangunga qadar tuman (shahar) hokimining qarori asosida tegishli xalq taʼlimi organining yoʻllanmasi boʻyicha vaqtincha “Mehribonlik” uylarida tarbiyalanadilar;

  1. ye) tasarrufida umumtaʼlim yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar:

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar tavsiyasiga asosan yuborilayotgan voyaga yetmaganlarni Muassasalarga istisno tariqasida bepul asosda, sinovlarsiz va qoʻshimcha imtihonlarsiz qabul qiladi;

voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar tavsiyasiga asosan qabul qilingan har bir voyaga yetmagan uchun alohida murabbiy biriktiradi va uning taʼlim-tarbiyasini doimiy ravishda nazorat qiladi, ularni Muassasalarni bitirgandan keyin ish bilan taʼminlashda koʻmaklashadi;

  1. j) ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markazlari (keyingi oʻrinlarda – Markaz) koʻpi bilanqirq besh kun muddatdavoyaga yetmaganni Muassasaga yoki Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyaga xulosa taqdim etadi;
  2. z)2019-yil 1-sentyabrdanboshlab ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalarining rahbar va pedagog xodimlari, shu jumladan, tarbiyachilar va tarbiyachi yordamchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun bazaviy tarif stavkasining 75 foizi miqdorida har oylik ustama haqi toʻlanadi.
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
  4. a)2019-yilning 1-avgustiga qadar:

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining oʻquv dasturlarini qayta koʻrib chiqsin, ularga joylashtirilayotgan bolalarning ehtiyojlari va muammolari turidan kelib chiqqan holda yakka tartibdagireabilitatsiya dasturlarini (hayotiy koʻnikmalarga oʻrgatish, giyohvandlik va alkogol vositalarga qaramlikdan davolash, ruhiy jarohat asoratlari bilan ishlash va boshqa dasturlar) ishlab chiqsin hamda toʻgaraklar faoliyatini kengaytirish choralarini koʻrsin;

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari shtatlar jadvallarini tasdiqlasin, bunda tugatilayotgan ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari shtatlari hisobiga yangi tashkil etilayotgan Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida har 20 nafar tarbiyalanuvchiga bir nafar psixolog, shuningdek, Respublika qiz bolalar oʻquv-tarbiya muassasasiga bir nafar shifokor-ginekolog shtat birliklarini ajratsin;

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarini keng dunyoqarash va yuqori malakaga ega oʻqituvchilar, tarbiyachilar va psixologlardan iborat tarkibda shakllantirsin hamda zaruratga qarab yangi shtatlar joriy etsin;

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarini zamonaviy oʻquv, oʻquv-metodik va badiiy adabiyotlar, davriy jurnallar bilan taʼminlasin hamda axborot-resurs markazlari fondlarini muntazam ravishda yangilab borsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari oilasi bilan aloqada boʻlishi hamda ular bilan uchrashishi uchun zarur aloqa vositalari va boshqa jihozlar bilan taʼminlangan alohida xonalarni ajratsin, shuningdek, Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining “ZiyoNET” taʼlim tarmogʻiga ulanishini taʼminlasin;

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi bilan birgalikda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining hududlari va xonalari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishini, ularning texnik sozligi va uzluksiz ishlashini, shuningdek, videoyozuvlar maxsus arxivda kamida bir yil davomida saqlanishini taʼminlasin;

  1. b) tarbiyalanuvchilar duch keladigan muammolarni muhokama qilish, ularning yechimini topish va tarbiyalanuvchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan “case-study, guruhlarda ishlash, bahs-munozaralar, situatsion oʻyinlar, aqliy hujumkabi ilgʻorinteraktiv oʻqitish usullari oʻquv-tarbiya jarayoniga keng joriy etilishini taʼminlasin;

tarbiyalanuvchilarda mehnat koʻnikmalari va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish, ularni kasbga yoʻnaltirish va boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish maqsadida tarbiyalanuvchilar Respublika oʻquv-tarbiya muassasasida boʻlgan davr mobaynida kasbga oʻrgatish boʻyicha amaliy mehnat mashgʻulotlari oʻtkazilishini taʼminlasin;

taniqli fan, madaniyat, sanʼat va adabiyot, din arboblari, turli sohalarning ilgʻor mutaxassislari ishtirokida har uch oyda kamida bir marta tarbiyalanuvchilarda yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish va mustahkamlash, ularni halollik va odob-axloq ruhida tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etsin;

  1. v) Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari rahbar va mutaxassislarining malakasini oshirish oʻquv dasturlariga alohida sharoitlarda tarbiyalash va taʼlim berishga muhtoj voyaga yetmaganlar bilan ishlash metodikasiga oid modullarni kiritsin, shuningdek, ushbu muassasalarning faoliyatini metodik taʼminlash choralarini koʻrsin.
  2. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
  3. a)2019-yil davomida:

ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridagi tarbiyalanuvchilar bilan individual ravishda suhbatlar oʻtkazish asosida ularni toifalarga ajratgan holda ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga qaytarish, vasiy yoki homiy tayinlash, joylashtirishning boshqa shakllarini qoʻllash, shuningdek, Muassasalarga joylashtirish choralarini koʻrsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilari va ularning oilasidagi ahvolni har tomonlama oʻrganish va baholash, tarbiyalanuvchilar ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgandan soʻng ularni oʻqishga joylashtirish, ijtimoiy moslashuvi hamda oilasidagi muammolarni tezkorlik bilan hal etish, ota-onalari va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning salohiyatini oshirish, ularning bandligini taʼminlash, moddiy va boshqa yordamlar koʻrsatish choralarini koʻrsin;

  1. b) voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar tomonidan voyaga yetmaganni Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish masalasi koʻrib chiqilganda taʼlim muassasasi, mahalla, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, profilaktika inspektori, xalq taʼlimi va sogʻliqni saqlash muassasalarining masʼul xodimlari ishtirokida voyaga yetmagan, uning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan olib borilgan profilaktika ishlari chuqur oʻrganilishini taʼminlasin.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining tegishli qoʻmitasi va xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi hamda xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashining qoʻshma majlislaridahar yili bir marotabategishli Respublika oʻquv-tarbiya muassasalaridagi oʻquv-tarbiya jarayonlarini muhokama qilish, ushbu muassasa rahbarlarining hisobotlarini eshitish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining taklifiga rozilik berilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, hisobotlar eshitilayotganda tarbiyalanuvchilar bilan olib borilayotgan taʼlim-tarbiya jarayonlari, ularning xulq-atvorini oʻzgartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat, ushbu muassasalardagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit tanqidiy muhokama qilinadi.

  1. Quyidagilarga:
  2. a)Oʻzbekiston yoshlar ittifoqiga:

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib sharoitlar yaratish, bandligini taʼminlash, ishbilarmonlik qobiliyatini rivojlantirish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, tashabbuslarini ragʻbatlantirish, intellektual va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalaridagi bolalar uchun har oyda bir martamadaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazib, tarbiyalanuvchilarning tarixiy-meʼmoriy majmualar, hayvonot bogʻlari, teatrlar, muzeylar va boshqa madaniy-koʻngilochar joylarga tashriflarini uyushtirib borish;

Respublika oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytgan voyaga yetmaganlarga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi vakillarini biriktirish va ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;

  1. b)Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasigadoimiy ravishda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarini bitirayotgan qizlar roʻyxatini yuritib borish, ular bilan yakka tartibda va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlarni tashkil etish hamda ularni manzilli qoʻllab-quvvatlash va bandligini taʼminlash choralarini koʻrish tavsiya etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari bitiruvchilarini iqtisodiyot tarmoqlari va mehnat bozorining real ehtiyojlaridan kelib chiqib, kasbga yoʻllash, oʻqitish, qayta oʻqitish, ularning malakasini oshirish hamda bandligini taʼminlash ishlarini olib borsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiMarkazga muntazam ravishda hamda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga keltirilgan voyaga yetmaganlarni qatʼiy tarzda har olti oyda tibbiy koʻrikdan oʻtkazib borish hamda bemor tarbiyalanuvchilarni oʻz tasarrufidagi tibbiyot muassasalarida bepul davolash choralarini koʻrsin.

  1. Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida yoshlarning madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishini oshirish boʻyicha beshta tashabbusni keng joriy etish maqsadidaikki oy muddatda:
  2. a) Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda tarbiyalanuvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida musiqa, rassomchilik, tasviriy sanʼat, kulolchilik va boshqa toʻgaraklarni tashkil etish, shuningdek, amaldagi meʼyorga muvofiq musiqa asboblari bilan taʼminlash;
  3. b) Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarining sport zallarini 34 nomdagi sport jihozlari va anjomlari bilan taʼminlash;
  4. v) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarida 1 tadan kompyuter sinf xonalarini zamonaviy kompyuterlar bilan taʼminlash, ularda oʻquvchilarni fikrlashga yoʻnaltiradigan kompyuter oʻyinlari bazasini yaratish;
  5. g) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Yozuvchilar uyushmasi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda 136 nomdagi oʻqishga tavsiya etilgan badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash;
  6. ye) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda tarbiyalanuvchi qizlarning kasbiy koʻnikmalarini rivojlantirish maqsadida zarur miqdorda tikuv mashinasi va boshqa anjomlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
  7. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar huquqbuzarlik yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishi, nazoratsiz yohud qarovsiz qolishiga sabab boʻlgan omillarni chuqur tahlil etib, ularni bartaraf etish choralarini koʻrsin.
  8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga voyaga yetmaganni Respublika oʻquv-tarbiya muassasalariga joylashtirish masalasi sudlar tomonidan sinchkovlik bilan oʻrganib chiqilishi, bunda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar tomonidan qabul qilingan qarorlar yetarli asoslantirilganligi, voyaga yetmaganning ota-onasi yoki ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslar, mahalla, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, xalq taʼlimi, ichki ishlar, sogʻliqni saqlash organlari va Markazning fikr-mulohazalari eshitilishi, shuningdek, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalarning amalga oshirgan profilaktika ishlari samaradorligiga baho berilishiga eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
  9. Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiyalar voyaga yetmaganlarni Respublika oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish toʻgʻrisida sudga yuborilgan iltimosnomalarning asosliligiga javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
  10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi 2020-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturi doirasida Respublika oʻquv-tarbiya muassasalarini rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, zarur uskunalar, kompyuter, oʻqitishning texnik vositalari, inventar bilan taʼminlash va moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashni nazarda tutsin.
  11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:

Bosh prokuratura bilan birgalikda ikki oy muddatdaMarkazlar faoliyatini tanqidiy qayta koʻrib chiqish asosida ularning mavjud tashkiliy tuzilmasi hamda ish jarayonini takomillashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va ichki ishlar organlarining mavjud shtatlari doirasida xizmatchi va ishchilar hisobidan har bir Markazga bir nafardan ofitserlar tarkibidagi psixolog va ijtimoiy xodim lavozimlarini kiritish choralarini koʻrsin;

“Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bilan birgalikda ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarini kasbiy tayyorlash va malakasini oshirish dasturini ishlab chiqsin va dasturga ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda boʻlgan voyaga yetmaganlar va oilalar bilan profilaktik tadbirlarni tashkil etishga oid modullar kiritsin.

  1. Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, Baxt shahri “Tadbirkor” mahallasi manzilida joylashgan oʻgʻil bolalar maxsus kollejining bino va inshootlari mulki hamda unga tutash hudud bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga operativ boshqaruv huquqi asosida berilsin.
  2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorning amalga oshirilishi uchun zarur mablagʻlarni 2019-yilda “Taʼlim” sohasi uchun ajratilgan mablagʻlar doirasida ajratsin, 2020-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining parametrlarida har yili nazarda tutsin.
  3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi voyaga yetmaganlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
  4. Tasarrufida umumtaʼlim yoki ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar ikki oy muddatda voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha hududiy idoralararo komissiya tavsiyasiga asosan ushbu muassasalarga voyaga yetmaganlarni qabul qilish tartibini belgilash boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
  5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda Respublika oʻquv-tarbiya muassasalari faoliyatini tashkil etish boʻyicha tegishli qaror qabul qilsin.
  6. Xalq taʼlimi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
  7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A.Abduvaxitov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,

2019-yil 29-mayOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

q a r o r i

IXTISOSLASHTIRILGAN OʻQUV-TARBIYA MUASSASALARI FAOLIYATINI

TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH TOʻGʻRISIDA

2019-yil 29-may

O’zA