Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 30 avgustda
qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 13 dekabrda
maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi 915–XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasining 2013 yil 22 aprelda qabul qilingan OʻRQ–350-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, № 4, 96-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 7, 431-modda, № 10, 674-modda) quyidagi oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
1) 11-modda birinchi qismining oʻninchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«tegishli hududda qonunlar va boshqa qonun hujjatlarining ijro etilishi, shu jumladan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi, kommunal xizmat koʻrsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar koʻrsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, shuningdek ekin maydonlaridan samarali foydalanilishi va yerlarni muhofaza qilish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi»;
2) 13-moddaning uchinchi qismi:
oʻn toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“dehqon, fermer xoʻjaliklarining va tomorqa yer egalarining faoliyatini rivojlantirishga koʻmaklashadi”;
quyidagi mazmundagi yigirma uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tegishli hududda barcha dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalari kesimida yetishtiriladigan mahsulotning prognoz hajmlari toʻgʻrisida qaror qabul qiladi”;
yigirma uchinchi – yigirma toʻrtinchi xatboshilari tegishincha yigirma toʻrtinchi –yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 82-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda;
2011 yil, № 1, 1-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda) 55-moddasi birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga, shuningdek tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega boʻlgan yosh fuqarolarga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi sugʻoriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha oʻlchamda, choʻl va sahro mintaqasida esa sugʻorilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha oʻlchamda beriladi”.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi 602–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasining 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan 662–II-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004 yil, № 9, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 3, 119-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 9, 248-modda; 2012 yil, № 9/1, 238-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2018 yil., № 4, 224-modda) 11-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fermer xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkasini olishda fermer xoʻjaligi tashkil etilayotgan joyda yashovchi shaxslar boshqa teng shartlarda ustun huquqdan foydalanadi”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi 604–I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 88-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda; 2007 yil, № 12, 608-modda; 2008 yil, № 12,
640-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2010 yil, № 9, 334-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 1-moddaning birinchi qismidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
2) 8-modda:
birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga, shuningdek tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega boʻlgan yosh fuqarolarga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi sugʻoriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sugʻorilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha oʻlchamda, choʻl va sahro mintaqasida esa sugʻorilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha oʻlchamda beriladi”;
uchinchi qismidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
beshinchi qismidagi “Tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
3) 9-moddaning:
ikkinchi qismidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi qismidagi “Tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
beshinchi qismidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
4) 10-moddaning:
nomidagi “Tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
matnidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
5) 12-modda:
birinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
sakkizinchi xatboshisidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismining:
ikkinchi xatboshisidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
beshinchi xatboshisidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
6) 27-moddaning:
uchinchi xatboshisidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshisidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshisidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida»gi 69–II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasining 2012 yil 2 mayda qabul qilingan OʻRQ–328-sonli Qonuni tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012 yil, № 5, 133-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 384, 385-moddalar) 25-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismidagi “tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin;
uchinchi qismidagi “Tomorqa” degan soʻz chiqarib tashlansin.
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336,337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda,№ 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341,343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017 yil,№ 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 676-moddalar) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 329-moddaning 35-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari – fermer, dehqon xoʻjaliklarining va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qilingan shikoyatlar yuzasidan”;
2) 330-moddaning 29-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“29) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va tumanlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari – fermer, dehqon xoʻjaliklarining va tomorqa yer egalarining manfaatlarini koʻzlab qilingan daʼvolar yuzasidan, shuningdek davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qilingan shikoyatlar yuzasidan”.
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
8-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran
kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining
Prezidenti Sh. Mirziyoyev