Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori

 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandiga va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati

Q A R O R Q I L A D I :

1. Quyidagilar:

Nodira Aloxonovna Boboxonova oʻn yil muddatga

Abduvoxid Abdukadirovich Kasimov oʻn yil muddatga

Talʼatjon Baxtiyorovich Meliboyev oʻn yil muddatga

Ikram Tuxtamuratovich Muslimov muddatsiz davrga

Baxbergen Sagidullayevich Ubaydullayev oʻn yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.

2. Boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan:

Voxid Mamataliyevich Nazarov

Umidjon Oʻrinboyevich Rasulberdiyev

Maxamatibroxim Azimovich Tulanov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.

3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy

Majlisi Senatining Raisi                                              N.Yoʻldoshev



Toshkent shahri, 2018 yil 14 dekabr