Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalarini (Istanbul, 1999 yil 7 noyabr, 2017 yil 7 may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2018 yil 7 avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2018 yil 27 sentyabrda maʼqullangan
Islom mamlakatlarining standartlar va metrologiya instituti Ustavi va Tartib-qoidalari (Istanbul, 1999 yil 7 noyabr, 2017 yil 7 may holatidagi oʻzgartirishlar bilan) ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasining 
Prezidenti                                         Sh. Mirziyoyev
Toshkent shahri,
2018 yil 2 oktyabr
№ OʻRQ—493

 

OʻzA