O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 94-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024 yil 20 noyabrdagi qarori bilan Bosh vazir lavozimiga  A.N. Aripov  ma’qullangan.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasiga muvofiq, Abdulla Nigmatovich Aripov O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri etib tayinlansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh. Mirziyoyev