O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi birinchi qismining 3-bandiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
1. Quyidagilar:
Abdumumin Abduaxatovich Abdullayev muddatsiz davrga
Volida Rustamovna Axtamova o‘n yil muddatga
Jamshid Uktamovich Tirkashev o‘n yil muddatga
Ilxomjon Xakimovich Raxmankulov o‘n yil muddatga
Saylaubay Amanbayevich Mambetkadirov o‘n yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy cudining sudyasi lavozimiga saylansin.
2. Boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan:
Ixtiyar Uralovich Kasimov
Nematjon Axmedjanovich Akbarov
Raxat Aminbayevich Ismaylov O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimidan ozod etilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi N.Yo‘ldoshev
Toshkent shahri, 2018-yil 30-mart