“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
 
q a r o r i


Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda faollik ko‘rsatib, o‘zining bilim va iqtidori, halol va samarali mehnati bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va yuqori salohiyatga ega, yurt istiqboli uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan fidoyi va mard o‘g‘lonlarimizni munosib rag‘batlantirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF–5106-son farmoni va 2017 yil 21 noyabrdagi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3402-son qaroriga asosan:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat mukofotlari va geraldika bo‘yicha komissiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining iqtidorli yigitlarini fan, ta’lim, tibbiyot, madaniyat, adabiyot, san’at, sport, ishlab chiqarish, harbiy xizmat sohalari va huquqni muhofaza qilish organlaridagi faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi takliflari ilovadagi ro‘yxatga muvofiq ma’qullansin.

2. “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga “Yoshlar kuni” arafasida o‘tkaziladigan tantanalarda sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshirilsin.

3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlarining har biriga eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

4. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblarining ibratli faoliyati, ularning noyob iste’dodi va erishgan yutuqlarini keng yoritib borish tavsiya etilsin.

5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Q.Q.Quronboyev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                       SH.MIRZIYOYEV

Toshkent shahri,
2018-yil 28-iyun

***

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-iyundagi PQ–3816-son qaroriga ilova
“Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti bilan taqdirlanganlar
 
R O‘ Y X A T I

Mambetnazarov Islambek Muratbayevich – Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘yicha murabbiyi

Sagatov Sabur Baxtiyar uli – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanidagi “Komservis Shumanay” xususiy korxonasi direktori

Musaboyev Shaxrizod To‘ychibek o‘g‘li – Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi “Oltin yer himoya” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi

Xoldarov Iqboljon Boxodirjon o‘g‘li – Andijon davlat universitetining 3-bosqich talabasi

Raxmonov Sherzod Tolibovich – Buxoro viloyati Peshku tumanidagi “Hamro Raxmon chorva” fermer xo‘jaligi boshlig‘i

Haydarov Muxammad Shamsiddin o‘g‘li – “Hunarmand” uyushmasining Buxoro viloyati Shofirkon tumani bo‘limi a’zosi, yog‘och o‘ymakor usta

Isroilov Otabek Batirovich – “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Jizzax temir yo‘l masofasi yetakchi muhandisi

Xolyigitov Behzod Mardiboy o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

harbiy qism mutaxassisi (Jizzax viloyati)

Abdisalimov Abdimalik Boxodir o‘g‘li – Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi 75-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Tursunov Jahongir Yusup o‘g‘li – Respublika dizayn kollejining 3-bosqich o‘quvchisi (Qashqadaryo viloyati)

G‘afforov Ibrohimjon Qobiljon o‘g‘li – Navoiy viloyati Karmana tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi

Qudratov Istam Safar o‘g‘li – “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi elektrochilangari

Murodullayev Sarvarbek Javlonbek o‘g‘li – Namangan muhandislik-qurilish institutining 4-bosqich talabasi

Yusupov Muxammadxon Olim o‘g‘li – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Respublika yosh ijodkorlar Kengashi yetakchi mutaxassisi (Namangan viloyati)

Alikov Kamoljon Kamtar o‘g‘li – Samarqand viloyati Samarqand shahridagi “Registon Kamoljon” xususiy korxonasi rahbari

Bahromov Ilhom Ismoil o‘g‘li – Respublika olimpiya zaxiralari kollejining

3-bosqich o‘quvchisi (Samarqand viloyati)

Kayumxujayev Odilxuja Ikromxuja o‘g‘li – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining 4-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Xamdamov Javlonbek Baxtiyor o‘g‘li – Toshkent pediatriya tibbiyot institutining 2-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati)

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li – Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi (Surxondaryo viloyati)

Tuxtashov Sanjar Karomatovich – Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Termiz shahar yong‘in xavfsizligi bo‘limi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi yong‘in o‘chiruvchisi

Sabriddinov Asliddin Diyoriddin o‘g‘li – Toshkent viloyati Parkent agrosanoat va servis kasb-hunar kollejining 3-bosqich o‘quvchisi

Sultonov Otabek Qurbonboy o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa va san’at akademik litseyi 3-bosqich o‘quvchisi (Toshkent viloyati)

Rustamov Oybek Rovshanjon o‘g‘li – Farg‘ona viloyati “Qo‘qon-1912” professional futbol klubi a’zosi

Xoshimov Qobiljon Qosimjonovich – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mitasi harbiy qism vzvod komandiri (Farg‘ona viloyati)

Allabergenov Zafar Ulug‘bekovich – Urganch davlat universitetining 1-bosqich talabasi

Egamberganov Xakimboy Kudrat o‘g‘li – O‘zbekiston Milliy universitetining 4-bosqich talabasi (Xorazm viloyati)

Abdulboqiyev Jamshid Fozil o‘g‘li – Toshkent shahar Olmazor tumani ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining 17-IIB profilaktika inspektori

Shukurov Rovshanbek Abduraxmanovich – O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimi (Toshkent shahri)