Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
f a r m o n i
Aholi daromadlari va turmush darajasini qatʼiy oshirib borish, aholining ijtimoiy zaif qatlamlarini, shu jumladan nogironligi boʻlgan shaxslarni yanada ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish hamda respublika fuqarolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:
- 2019-yilning 1-avgustidan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar hamda nafaqalar miqdori 1,1 baravar oshirilsin.
- 2019-yilning 1-avgustidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida eng kam:
- Belgilansinki, 2019-yil 1-avgustdan boshlab:
- 2019-yilning 1-avgustidan I guruh nogironlik nafaqasi, shuningdek, 16 yoshdan katta bolalikdan I guruh nogironlik nafaqasi oluvchilarga har oyda eng kam ish haqining 25 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov joriy qilinsin.
- Moliya vazirligi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda byudjet muassasalari va tashkilotlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorlarining mazkur Farmon qoidalaridan kelib chiqqan holda oʻz vaqtida qayta hisoblab chiqilishini taʼminlasin.
- Byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning oshirilishi bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilsin.
- Oʻzbekiston Respublika Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–5723-son Farmoniga muvofiq 2019-yilning 1-sentyabridan eng kam ish haqi miqdori oʻrniga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori, bazaviy hisoblash miqdori va pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori kiritilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-maydagi “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF–5723-son Farmoni 1-bandida:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-oktyabrdagi “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi PF–5553-son Farmoni uning 4 va 8-bandlari istisno qilingan holda 2019-yilning 1-avgustidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
- Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
- Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
ish haqi – oyiga 223 000 soʻm;
yoshga doir pensiyalar – oyiga 436 150 soʻm;
bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 436 150 soʻm;
zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa oyiga 267 650 soʻm miqdorida belgilansin.
II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning nogironlik pensiyalari eng kam miqdori yoshga doir eng kam pensiyaning 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;
II guruh nogironligi boʻlgan yolgʻiz shaxslar – pensionerlarning pensiyalariga ustama miqdori eng kam ish haqining 50 foizidan 75 foiziga oshiriladi;
Ish beruvchilarga ish haqi miqdorlarini qonun hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan holda toʻlashni taʼminlab, ish haqi miqdorlarini eng kam ish haqiga muvofiq oshirish tavsiya etilsin.
ikkinchi xatboshidagi “577 170” raqami “634 880” raqami bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “202 730” raqami “223 000” raqami bilan almashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidenti Sh. Mirziyoyev