O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Inson qadrini ulug‘lash, ajdodlar xotirasini e’zozlash, ularning ibratli ishlarini keng targ‘ib etish borasidagi ezgu sa’y-harakatlarimizni yanada kuchaytirish maqsadida o‘zining ko‘p yillik samarali ilmiy-ijodiy, ijtimoiy faoliyati, yorqin va betakror iste’dodi bilan xalqimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy ma’naviyatimizni boyitish, mamlakatimizda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirish, jamiyatimizda ezgulik va adolat, vatanparvarlik va bag‘rikenglik tamoyillarini mustahkamlash yo‘lida fidokorona xizmat qilib, avlodlarga qoldirgan boy merosi, sermazmun hayoti va insoniy fazilatlari bilan el-yurt xotirasidan chuqur joy egallagan quyidagi marhum olim va ijodkorlar mukofotlansin:
“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan
| Aripov Uktam | – | O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, jarroh olim | |
| G‘afurov Vali | – | O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib | |
| Jalolov To‘xtasin | – | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon | |
| Kabulov Vasil Kabulovich | – | O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, kibernetik olim | |
| Qosimov Begali | – | O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, jadidshunos olim | |
| Muxamedov Quddus (Quddus Muhammadiy) | – | O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri | |
| Parfiyev Tursunali (Rauf Parfi) | – | O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri | |
| Radjapov Murad Yadgarovich | – | O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor |
|
| Rustamov Alibek Rustamovich (Alibek Rustamiy) |
– | O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim | |
| Sulaymonov To‘ra (To‘ra Sulaymon) |
– | O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri | |
| Tuxtasinov Mamirjon Salimjonovich |
– | O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda |
|
| Xalikov Muxritdin Djalalitdinovich | – | O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda | |
| Xamraboyev Ibragim Xamraboyevich | – | O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, geolog olim | |
| Yusupov Muhammadjon (Muhammad Yusuf) |
– | O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri |
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
| Akilova Viloyat Isaxarovna | – | O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, baletmeyster | |
| Axmedova Rimma Ashurovna | – | O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi | |
| Vaxobov Ismoil |
– | O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi | |
| Madaliyev Oxunjon Nusratovich | – | O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda | |
| Nazarov Anarkul Mamadovich (Anor Nazarov) |
– | O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, kompozitor | |
| Obitjonov Anvarjon (Anvar Obidjon) |
– | O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri |
“Do‘stlik” ordeni bilan
| Yuldashev Baxadir |
– | “Diydor” teatr-studiyasi badiiy rahbari |
| O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti |
Sh.MIRZIYOEV |