Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida

1410

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i

Mamlakatimizda olimpiya harakatini rivojlantirish, xalqimiz o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, ayniqsa, hozirgi murakkab pandemiya davrida yuzaga kelgan sinov va qiyinchiliklarga qaramasdan, el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijalarga erishgani, Vatanimizning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini oshirish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun:

1. Quyidagilar mukofotlansin:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

«O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan

Djurayev Akbar Xusnidilla o‘g‘li Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Rashitov Ulug‘bek Ismatullayevich Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi»
faxriy unvoni bilan

Abduraxmonov Bekzod Maxamadjanovich Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Bobonov Davlat Husniddin o‘g‘li Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi»
faxriy unvoni bilan

Abduraxmanov Muzaffar Maxamadjonovich Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Kabinov Istam Ashurovich Buxoro viloyati Kogon shahar bolalar va o‘smirlar sport maktabi boks bo‘yicha murabbiysi
Qilichev Farruh Komilovich Toshkent viloyati Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati boks bo‘limi bosh murabbiysi
Qobulov Nurali O‘ktamovich Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi og‘ir atletika bo‘yicha murabbiysi
Rasulov Elshod Yunusovich Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Xan Pavel Afanasevich Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Chusovitina Oksana Aleksandrovna Gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Zoirov Shaxobidin Shokirovich Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Qilichev To‘lkin Maxmurovich Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Maxmudov Shaxrillo Sharipovich Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Kamilov Azizjon Yakubjanovich O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi
Nazlimov Vladimir Aliverovich Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Polatov Saken Djetibayevich O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari
Sayidov Ramziddin Beshimovich Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi
Tashmatov Sherzod Rixsibayevich O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi raisi

 

«Jasorat» medali bilan

Dayibekova Zaynab Kazbekovna Qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Raximova Tursunoy Farxod qizi Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Abduraximov Rasuljon
Shuxrat o‘g‘li
Gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Voronina Yekaterina Aleksandrovna Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Zokirova Nilufar Obidjon qizi Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Keldiyorova Diyora Baxtiyor qizi Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Qodirova Rayhona
Yusuf qizi
Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Nabiyeva Muattar Abdullajon qizi Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Rafalovich Nikita Igorevich Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Raxmatova Dilnoza Bakir qizi Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Sadullayeva Safina Erkinovna Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Toxirova Muhtasar Jahongir qizi O‘q otish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi

 

«Shuhrat» medali bilan

Alimova Dilrabo Axmadjonovna O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston 24» telekanali «Ijtimoiy-huquqiy va sport dasturlari» muharririyati sport bo‘limi mudiri
Kayumov Aziz Ilxamovich Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shifokori
Mirzadiyarov
Rustam Islamovich
Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiysi
Muslimov
Obiddin
Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi manual terapiya bo‘yicha mutaxassisi
Rasulov Komiljon Kuddusovich Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi shifokori
Ergashev Adxamjon Abdullajon o‘g‘li Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Yulchiyev Sunnatulla Tuychibayevich Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazi sport tibbiyoti bo‘limi shifokori
Yunusov Mas’udjon Alimdjonovich Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh shifokori

 

2. Vazirlar Mahkamasi Olimpiya o‘yinlarida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylarga belgilangan tartibda ilovaga muvofiq pul mukofoti berilishini ta’minlasin.

 

O‘zbekiston Respublikasi

         Prezidenti                            Sh.MIRZIYOEV

 

Toshkent shahri,

2021 yil 12 avgust