O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz prokuratura organlaridagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, yurtimizda qonuniylikni va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish yo‘lidagi ibratli faoliyati, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:

 

«Mardlik» ordeni bilan

Aminov Shoxrux Azamatovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari

Xamdamov Ulug‘bek Aslonovich – Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar prokurori

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Yerniyazova Venera Tajetdinovna – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

 

«Jasorat» medali bilan

Abdilazizov Davronbek Maxmudjonovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Andijon viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari

Buronov Nurbek Erkinovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Samarqand viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

 

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Boltayev Halim Husanboyevich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i

Muratov Jaxongir Dilshatovich – Toshkent shahar Chilonzor tumani prokurori

Sayfulloyev Erkin Xudoyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Navoiy viloyati boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari

Fayziyev Vaxob Kamolovich – Buxoro viloyati Kogon shahar prokurorining katta yordamchisi

 

«Shuhrat» medali bilan

Abduxakimov Murodullo Togayevich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i

Karimov Xurshid Akramovich – O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kafedra boshlig‘i

Qodirov Abdumo‘min Abdumajit o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Surxondaryo viloyati Sherobod tumani bo‘limi davlat ijrochisi

Tashpulatov Xurshid Sabirjanovich – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘limi boshlig‘i

Xabiljonov Ulug‘bek Xabiljon o‘g‘li – Toshkent viloyati Angren shahar prokurori

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev