O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, aholi salomatligini ishonchli muhofaza qilish borasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, sohani tubdan isloh etishga qaratilgan dasturlar ijrosini muvaffaqiyatli ta’minlash, zamonaviy davolash usullarini amaliyotga keng tatbiq etish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini mustahkamlashga qo‘shgan munosib hissasi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash yo‘lidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlansin:

 

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan

Azizov Sabit Kurbanovich – Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 1-gemodializ bo‘limi mudiri

Nuraliyeva Gulnoza Sagdullayevna – Respublika maxsus 1-Zangiota shifoxonasi bosh pediatri

 

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Maxmudova Sanobar Yusupovna – Paxtachi tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq bo‘limi akusher-ginekologi, Samarqand viloyati

Shek Aleksandr Borisovich – Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik kasalliklari laboratoriyasi mudiri

 

I darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Mamanazarov Kurban Mamarajabovich – Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali travmatologiya, ortopediya, xalq tabobati jarrohligi, neyrojarrohlik, anesteziologiya va tez tibbiy yordam kafedrasi assistenti, Surxondaryo viloyati

Eminov Baxodir Jo‘rayevich – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Farg‘ona filiali bolalar reanimatsiyasi bo‘limi anesteziolog-reanimatologi, Farg‘ona viloyati

 

II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan

Jabbarov Ashir Norqobilovich – Qamashi tumani tibbiyot birlashmasining «Chim» filiali shifoxonasi rahbari, Qashqadaryo viloyati

Qosimova Dinoraxon Siddiqovna – Chortoq tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri, Namangan viloyati

Mo‘ydinova Dilbarxon Usarboyevna – Buloqboshi tumanidagi «Mayariq» oilaviy shifokorlik punkti hamshirasi, Andijon viloyati

Xujayev Nuriddin Xurramovich – Jomboy tumani tibbiyot birlashmasining bolalar bo‘limi mudiri, Samarqand viloyati

 

II darajali «Salomatlik» ordeni bilan

Aliyev Sherzod Maxmudjanovich – Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining kattalar kardioxirurgiyasi bo‘limi mudiri

Axmadaliyeva Xurshida Muxamadaliyevna – Oqoltin tumani tibbiyot birlashmasining terapiya bo‘limi mudiri, Sirdaryo viloyati

Bobokeldiyeva Xamida Ergashevna – Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasining boks-brutsellyoz bo‘limi mudiri

Yernazarov Oralbay – Mo‘ynoq tumani tibbiyot birlashmasining shoshilinch qabul bo‘limi terapevti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Karimov Murodulla Yuldashevich – Toshkent tibbiyot akademiyasining travmatologiya, ortopediya va harbiy dala jarrohligi kafedrasi mudiri

Molayxanov Rustam Xudayberganovich – Toshkent shahridagi 4-klinik shifoxonasining jarrohlik bo‘limi shifokori

Nurillayeva Marifat Tag‘ayevna – Navoiy viloyati endokrinologiya dispanseri endokrinologi

Ro‘ziyeva Aziza Komunarovna – Olot tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi kardiologi, Buxoro viloyati

Salomova Ra’no Xayrullayevna -Bo‘ka tumanidagi 10-oilaviy poliklinikasi oilaviy shifokori, Toshkent viloyati

Tajiyeva Nargiza O‘rinboyevna – Qo‘shko‘pir tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasi patronaj hamshirasi, Xorazm viloyati

Tojiboyev Akmalxon Abduraxmanovich – Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namangan filiali jarrohlik bo‘limi mudiri, Namangan viloyati

Tojiyev Shomurod Musurmonovich – Yakkabog‘ tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi mudiri, Qashqadaryo viloyati

To‘xtayev Tojidin Parpiyevich – Oltinko‘l tumani tibbiyot birlashmasi bosh feldsheri, Andijon viloyati

 

«Do‘stlik» ordeni bilan

Berdiyev Axmad Niyozmaxmadovich – Sariosiyo tumanidagi «Guliston» oilaviy shifokorlik punktining «Karsh» tog‘li hududi patronaj feldsheri, Surxondaryo viloyati

Jumanazarova Asilxon Dovulbayevna – Yangiqo‘rg‘on tumani tibbiyot birlashmasining «Nanay» hududiy bo‘limi bolalar shifokori, Namangan viloyati

Malkova Yelena Mixaylovna – «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatining Sog‘liqni saqlash xizmati markaziy poliklinikasi tibbiy punkti terapevti

Orazaliyev Bazarbay Xaitbayevich – Beruniy tumani tibbiyot birlashmasining jarrohlik bo‘limi jarrohi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Raimjanov Abdulaziz Abduxafizovich – Farg‘ona shahridagi «ASAF Medical» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari,Farg‘ona viloyati

Tashpanbetova Kaljan Kaldibayevna – Konimex tumanidagi «Sarjal» oilaviy shifokorlik punkti oilaviy shifokori, Navoiy viloyati

 

«Sog‘lom turmush» medali bilan

Akbutayeva Dilfuza Abdumannapovna – Respublika bolalar kam invaziv va endovizual xirurgiya ilmiy-amaliy markazi katta hamshirasi

Karimov Xusan Raimberdiyevich – Respublika tez tibbiy yordam markazining Sirdaryo viloyati filiali haydovchisi

Mustanov Abdusamat Norsaatovich – O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i

Nasriyeva Muhabbat Djo‘rayevna – Buxoro tumanidagi 3-oilaviy poliklinikasi katta hamshirasi, Buxoro viloyati

Raxmatullayeva Maxbuba Latifovna – Yangiyo‘l tumanidagi 72-oilaviy poliklinikasi umumiy amaliyot shifokori, Toshkent viloyati

 

«Shuhrat» medali bilan

Atajanova Zamira Nurullayevna – Ellikqal’a tumani tibbiyot birlashmasining anesteziologiya va reanimatsiya bo‘limi katta hamshirasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kuranbayev Rustam Alimovich – Respublika tez tibbiy yordam markazining Xorazm viloyati filiali Urganch tumani bo‘limi feldsheri

Maxamadaminova Shoira Abduvaliyevna – Yunusobod tumanidagi «Otolaringolog» xususiy klinikasi otolaringologi, Toshkent shahri

Mo‘minova Adolat Xolmatovna – Zomin tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Jizzax viloyati

Ravshanov Sobir Kenjayevich – Respublika tez tibbiy yordam markazining Samarqand viloyati filiali Narpay tumani bo‘limi haydovchisi

Tojiboyeva Salomatxon Davranboyevna – Izboskan tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyi hamshirasi, Andijon viloyati

Ermatov Abdumalik Abduraximovich – Furqat tumani tibbiyot birlashmasining travmatologiya punkti travmatologi, Farg‘ona viloyati

Yakubov Raxim Kamilovich – Toshkent davlat stomatologiya institutining bolalar yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi professori

 

O‘zbekiston Respublikasi 

         Prezidenti                                                                                                                            Sh.Mirziyoyev

 

Toshkent shahri,

2023-yil 10-noyabr